Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ertadan boshlab Toshkentda «ID karta»si bor haydovchilarning hujjatlari onlayn tekshiriladi

Ertadan boshlab Toshkentda «ID karta»si bor haydovchilarning hujjatlari onlayn tekshiriladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab haydovchilardan avtomototransport vositasini boshqarish uchun notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma, texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot, avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga, ya’ni qoraytirishga ruxsatnoma elektron shaklga o‘tkazish orqali mazkur hujjatlarni avtomototransport vositasi haydovchisidan talab etish tartibi bekor qilinishi belgilab qo‘yilgandi.

Ushbu topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan «e-Protokol» axborot tizimi takomillashtirilib, yo‘l patrul xodimlariga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan planshetlar yordamida «ID karta»ni o‘qish orqali fuqaroning egaligida mavjud bo‘lgan avtotransport vositalari, haydovchilik guvohnomasi, transport vositalarini boshqarish uchun berilgan yoki olgan ishonchnomalari, sug‘urta polislari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati yaratildi.

2021-yil 19-maydan boshlab «ID karta»lari mavjud bo‘lgan haydovchilarning transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi, haydovchilik guvohnomasi, ishonchnoma va sug‘urta polislarini «ID karta» yordamida tekshirish amaliyoti Toshkent shahrida sinov tariqasida joriy etildi.

«ID karta» orqali tekshirilganda, ma’lumotlar aniqlanmagan yoki tizimda uzilishlar bo‘lgan holatlarda haydovchilardan inspektorga ushbu hujjatlarni aslini taqdim etishilari lozim bo‘ladi, deyiladi IIV YHXBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring