Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtobuslarni qishki mavsumga tayyorlash choralari ko‘rilmoqda

Avtobuslarni qishki mavsumga tayyorlash choralari ko‘rilmoqda

Qish mavsumi kelayotganligi munosabati bilan yo‘lovchi tashuvchi transport vositalarining texnik holati, xususan yoritish chiroqlarining soz holda bo‘lishi, isitish tizimi, tormoz tizimi hamda ballon (shina)lari yaroqli holda bo‘lishiga haydovchilar va mas’ul xodimlar ham javobgar hisoblanadi.

Shu maqsadda, joriy yilning 08 noyabr kuni Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlarining navbatdagi targ‘ibot suhbatlari yo‘lovchi tashuvchi transport vositalarining qish mavsumiga tayyorgarligi to‘g‘risida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlarda viloyat hududida sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari hamda ularning kelib chiqish sabablari va oldini olish chora-tadbirlari bo‘yicha tavsiya va tushunchalar yetkazildi.

YHXB Xodimlari tomonidan yo‘lovchi tashuvchi transport vositalarining haydovchilari va mas’ul xodimlariga yo‘llarda harakatlanishda amaldagi tartibga rioya etish, ayniqsa yo‘lni kesib o‘tayotgan yoki yo‘l chetida ketayotgan piyodalarga hushyor bo‘lish, transport vositasini tegishli hujjatlar bilan texnik soz holda boshqarish, yo‘lovchilarni tashishda muomala madaniyatiga rioya etish, transport vositasining isitish tizimi, tormoz tizimlariga, shinalariga, qolaversa zaxira shinalarning holatiga alohida e’tibor qaratish lozimligi haqida qo‘shimcha tushuntirishlar berib o‘tildi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, qishki vaqtlarda gazda ishlovchi avtobus va mikroavtobuslardagi gaz trubkalarning muzlab qolishi, o‘t oldirish svechalarini foydalanish muddati tugab qolishi natijasida yoki boshqa bir sabab bilan yo‘lda qolib ketishi sovuq kunlarda albatta achinarli holdir.


Toshkent viloyati IIBB YHXB Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring