Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Angrenda yosh yigitlar mashinani olib qochib, YTHga uchrashdi

Angrenda yosh yigitlar mashinani olib qochib, YTHga uchrashdi

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

2020-yilning 12-mart kuni soat 00:00 da, 19 yoshli B.U. sheriklari — 17 yoshli D.P., 16 yoshli A.A. va 15 yoshli A.R.lar bilan oldindan jinoiy til birktirib, Angren shahrida joylashgan avtomashinalarni yuvish shoxobchasidan «Nexia»ni olib qochishadi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berishicha, ular «avtomoyka»ning qorovuli 47 yoshli X.I. ga qarab turish uchun qoldirib ketilgan, 50 yoshli X.Sh.ga tegishli «Nexia» rusumli avtomashinaning kalitini  yashirin ravishda qorovuldan o‘g‘irlab, avtomashinani haydab hodisa joyidan yashirinishgan. Ammo ular uzoqqa bora olishmaydi. Angren shahar Birlik ko‘chasida B.U. boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi devorga borib uriladi. To‘qnashuv natijasida hech kim jarohat olmagan.

Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekison Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi «b» bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, avtomashina olib qochuvchilar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring